Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Seulda prezident impichmentini talab qilib 300 ming kishi namoyishga chiqdi
Foto: Twitter .@newstapa
Seulda Konstitutsion sud yonida mamlakat prezidenti Pak Kin Xening hokimiyatdan chetlatilishi qarori tezroq qabul qilinishi talabi bilan 300 ming kishi ishtirokida namoyish o‘tdi. Bu haqda "Ryonxap" axborot agentligi xabar bermoqda.
Prezidentga qarshi namoyishlar 8 haftadan beri minglab odamlarni yig‘moqda. Yoqilgan shamlarni ushlagan namoyish ishtirokchilari parlament tomonidan e'lon qilingan prezident impichmenti Konstitutsion sud tomonidan tezroq tan olinishini talab qilishgan.
Bundan avvalroq esa prezidentni qo‘llab-quvvatlovchi boshqa namoyish o‘tgan. Uning ishtirokchilari prezident impichmentini qabul qilgan parlamentning tarqatilib yuborilishini talab qilishgan.
Janubiy Koreya parlamenti 9 dekabrda prezidentning impichmenti uchun ovoz bergan. Shundan keyin Pak Kin Xe o‘z vakolatlarini bajarishni to‘xtatgan. Uning o‘rnini vaqtinchalik bosh vazir Xvan Gyo An egallagan. Prezidentning hokimiyatdan chetlatilishi Konstitutsion sud tomonidan ovoz berish natijalari tasdiqlangandan keyin yakunlanadi. Qonun bo‘yicha bunga 6 oy ajratiladi.
Bungacha Janubiy Koreyada prezident impichmenti tashabbusi bir martagina – mamlakatning marhum sobiq prezidenti No Mu Xyon davrida bildirilgan. 2004 yil martida mamlakat parlamenti prezidentning impichmenti uchun ovoz bergan, biroq shu yilning may oyida bu qaror mamlakat Konstitutsion sudi tomonidan bekor qilingan. Shu sababli Mu Xyon o‘z lavozimini 2008 yildagina tark etgan.
Mavzuga oid
13:42 / 16.01.2026
Janubiy Koreyaning sobiq prezidenti besh yilga qamaldi
23:02 / 13.01.2026
Prokurorlar Janubiy Koreyaning sobiq prezidenti Yun uchun o‘lim jazosini so‘radi
16:33 / 06.01.2026
«Rasm sifati yaxshi, to‘g‘rimi?» - Li Xitoy bilan munosabatlarni tiklashga urinmoqda
21:21 / 26.12.2025