17:31 / 17.12.2016
5150

Janubiy Koreya va Yaponiya ilk bora harbiy ma'lumotlar almashinuvini amalga oshirishdi

Janubiy Koreya va Yaponiya noyabrda harbiy axborotni keng qamrovli himoya qilish to‘g‘risidagi Bitim (GSOMIA) imzolanganidan so‘ng birinchi marta harbiy ahamiyatga ega bo‘lgan ma'lumotlarni o‘zaro alishishdi. Bu haqda NHK telekanali Janubiy  Koreya Tashqi ishlar vazirligiga asosan xabar bergan.

Har ikki tomon almashinuv nima haqda ekanini oshkor etmaslikka kelishib olishgan. Unda Shimoliy Koreya yadro va raketa dasturiga doir ma'lumot borligi ma'lum, xolos.

Yaponiya va Janubiy Koreya noyabrda harbiy axborotni keng qamrovli himoya qilish to‘g‘risidagi Bitim (GSOMIA)ni imzolashgandi. U har ikki mamlakat o‘rtasida maxfiy ma'lumotlarni alishish imkonini beradi.

Xususan, Bitimda Janubiy Koreya tomonidan Yaponiyaga KXDR ballistik raketalari to‘g‘risidagi ma'lumotlarni berish ham nazarda tutilgan. Ular mamlakat razvedkachi-samolyotlari yordamida olingan. Yaponiyaga bu 1970-80 yillarda o‘g‘irlab ketilgan va KXRDda majburan saqlab turilgan yapon fuqarolari muammosi sababli muhimdir.

Yaponiya esa Janubiy Koreyaga KXDR suvosti kemalari haqidagi ma'lumotlarni taqdim etish majburiyatini olgan. Ular yapon kemalarga qarshi razvedkachi-samolyotlari, shuningdek ayg‘oqchi-yo‘ldoshlar yordamida olingan.

Hujjat avvalgi prezident Li Myon Bak ma'muriyati vaqtida imzolanishi rejalashtirilgandi. Biroq, Janubiy Koreya jamoatchiligining noroziligi tufayli o‘shanda undan voz kechishgan. 

Top