Bismillahir rohmanir rohiym

Alloh taologa beadad hamdu sanolarimiz, Payğambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamga esa behisob salovotu durudlarimiz bölsin.

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
Rasululloh sollallohu alayhi va sallam:

الإيمان بضع وستون شعبة ، والحياء شعبة من الإيمان ، صحيح البخاري

«Iymon oltmişta neçta ham şoxçadan iboratdir. Hayo iymonning şoxlaridan bir şoxdir», dedilar. (Imom Buxoriy rivoyat qilganlar)

 Uşbu hadisi şarifni şarhlagan ulamolarimiz aytadilarki, Payğambarimiz sollallohu alayhi va sallam bizlarni komil iymonli bölişga qiziqtirmoqdalar. Komil iymonni esa şoxlari köp va serhosil bölgan daraxtga öxşatmoqdalar. Agar daraxtning şox-şabbalari bölmasa, uning heç qanday mevasi ham bölmaydi. Xuddi şuningdek, agar iymonning ham şoxlari bölmasa, iymonning özi tasdiqqina bölib, u göyoki daraxtning tanasi xolos. Daraxt tanasining özi heç qanday soya ham, hosil ham bermaydi. Meva ham tugmaydi. Iymon ham xuddi şunday deydilar.

Birgina tasdiq, til bilan iqror bölib qöyiş, musulmonman deyiş bilan iymonning tanasi paydo böladi. Bu tana şox-şabba çiqarib, yaproqlari qalinlaşib, yanada köproq meva berişi uçun esa şoxçalari hosil bölişi kerak. Ana şunday şoxçalardan biri hayodir, deyiladi. Agar e'tibor bersak, bu yerda komil iymon töğrisida gap ketmoqda. Payğambarimiz sollallohu alayhi va sallam bu bilan biz ummatlarni köpinça ğaflatda qolişimizdan ogohlantirmoqdalar. Iymonning taqozosi bölgan katta-katta ibodatlarga e'tibor beramiz-u, göyoki şu katta ibodatlarni mustahkamlab, töldirib, mukammallaştirib, qöllab-quvvatlab turuvçi şoxçalarni unutib qöyamiz.

Aytaylik, daraxtning katta şoxlari – namoz, röza, zakot, haj singari katta-katta ibodatlar bölsa, bu katta şoxlardan unib çiqqan yana mayda şoxçalar ham bor. Ular ham meva beradi va katta şoxning qiymatini oşirib turadi. Masalan, namozning atrofida qiymatini oşirib, uni töldirib turadigan bir qança amallar bor. Hattoki, mustahab bölgan amallar bor. Agar şu mustahab bölgan amallar röyobga çiqmasa, namoz noqis bölib qoladi. Zakot, röza, haj va boşqa ibodatlar ham şunday.

Biz ğaflatda qoladigan şu kabi şoxlardan biri hayo şoxidir. Iymon daraxtining bir şoxi hayodir. Nima uçun Payğambarimiz sollallohu alayhi va sallam aynan hayoni aytdilar? Bundan taşqari, keçirimlilik, sahovat yoki boşqa qançadan qança fazilatlar ham bor-ku. Uşbu fazilatlarni aytmasdan, nima uçun aynan hayoni keltirib, eslab ötyaptilar? Ulamolarimiz buning sababini tuşuntirib: «Hayo barça fazilatlarning aslidir», deydilar. Ya'ni, hayo bölmagan joyda boşqa fazilatlar röyobga çiqmaydi. Hattoki namozda ham.