2023 yilda Rossiyada «davlatga xiyonat» böyiça jinoiy işlar avvalgi 20 yilga qaraganda köproq qözğatildi, bundan sönggi yetti oylik statistik ma’lumotlar darak beryapti, deb xabar qildi duşanba, 7 avgust kuni «Xolod» naşri. Unga köra, faqatgina 2023 yilning yanvaridan iyuligaça Rossiyada «davlatga xiyonat qiliş» moddasi böyiça 82 ta iş qözğatilgan, ötgan yil davomida esa 20 ta şunga öxşaş iş oçilgandi.
Şu bilan birga, «Pervyy otdel» advokati Yevgeniy Smirnovning fikriça, aslida işlarning soni bundan ham köproq bölişi mumkin. Uning sözlariga köra, ularning köpçiligi uçun «sudlar saytlarida şunçaki kartoçkalar yöq». «Ma’lumotlar har doim ham e’lon qilinmaydi», - deya qöşimça qildi advokat.
«Hozirda «FSB» öz sur’atini oşirdi: har oyda örtaça 20 ta jinoiy iş oçilyapti. Bu har bir iş kunida bitta iş qözğatilyapti, degani. Şu sur’atda dekabr oyi oxiriga kelib ularning soni 250 ga yetadi - bir yildagi iş kunlari soniga köra», deb hisoblaydi Smirnov.
«Xolod» ta’kidlaşiça, bu körsatkiçlar sovet hokimiyatining ayrim davrlaridan ham yuqori. Şu tariqa, 1960-yillarda SSSRda yiliga «xiyonat» böyiça 150 ga yaqin jinoiy iş oçilgan, deb eslatgan naşr.












