Ukraina Mudofaa vazirligining sobiq rahbari Mixail Yejyel 2010 yil aprelidagi «Xarkiv kelişuvlari» imzolanişini ma’qullagani va RFning Qrimni annexia qilişida «yordam bergani» munosabati bilan davlatga xiyonatda ayblanmoqda. Bu haqda 8 avgust, duşanba kuni Ukraina Davlat tergov byurosi (DTB) xabar berdi.

Sobiq vazir bir guruh şaxslar tarkibida (Ukraina JKning 28-moddasi 2-qismi, 111-moddasi 1-qismi) oldindan kelişuv asosida davlatga xiyonat qilganlikda gumon qilinmoqda. Jinoiy iş Ukraina Boş prokuraturasi ofisining protsessual rahbarligi ostida yuritilmoqda. 

Bir vaqtlar Ukraina HDKning boş qömondoni bölgan admiral Kiyev va Moskva örtasida RF Qora dengiz floti (QF)ning Ukraina hududida bölişi töğrisidagi kelişuvni amalga oşiriş uçun zarur bölgan barça hujjatlar töplamini ma’qullagan, deb xabar berdi DTB.

Şu bilan birga, Mixail Yejyel 2010 yil 21 aprelda Ukraina vazirlar mahkamasining ular muhokama qilingan yiğilişida qatnaşmasdan, şuningdek, ular konstitutsiyaga va starna qonunlariga muvofiqligini majburiy huquqiy ekspertizadan ötkazmasdan turib, hujjat loyihalarini ma’qullagan, deyiladi bayonotda.

Davlat tergov byurosi 2014 yilda Qrim va Sevastopolning annexia qilinişiga RF QFning Ukrainada bölgani va uning modernizatsiyasi hissa qöşgan, deb hisoblaydi. 

2022 yil iyulida Viktor Yanukoviç prezidentligi davrida Ukraina adliya vaziri bölib işlagan Aleksandr Lavrinoviç va xuddi şu davrda TIVni boşqargan Konstantin Grişçenko davlatga xiyonatda ayblangan edi. Ayblovlar «Xarkiv kelişuvlari»ning imzolanişi bilan boğliq. 

2021 yilda qidiruvda bölgan Viktor Yanukoviç va sobiq boş vazir Nikolay Azarov davlatga xiyonat qiliş böyiça ayblov e’lon qilindi. 

2010 yil 21 aprelda Xarkovda Yanukoviç Ukraina nomidan Kiyev va Moskva örtasida RF QFning Sevastopolda qoliş muddatini 25 yilga uzaytirgan kelişuvni imzoladi. Kelişuvlar doirasida Ukraina uçun Rossiya gazining narxi pasaytirildi.