RF Davlat dumasi ikkinçi va uçinçi öqişda davlatga xiyonat (Rossiya Jinoyat kodeksining 275-moddasi) böyiça umrbod qamoq jazosini joriy qiluvçi qonun loyihasini qabul qildi. Tegişli ma’lumotlar 18 aprel, seşanba kuni Rossiya parlamenti saytida paydo böldi.

Qonun loyihasi Davlat dumasiga 7 aprel kuni kiritilgan va özgartirişlar matni parlament ma’lumotlar bazasida bir kun avval paydo bölgan. Hozir davlatga xiyonat moddasi böyiça jazo - 12 yildan 20 yilgaça.

Bundan taşqari, deputatlar bir vaqtning özida bir neçta huquqbuzarliklar uçun javobgarlikning quyi va yuqori çegaralarini sezilarli darajada oşirdi. 

Jinoyat kodeksining 205-moddasi 1-qismi (terakt) böyiça eng yuqori jazo 15 yildan 20 yilgaça kuçaytirilmoqda. Şuningdek, terrorizmga kömaklaşiş (Jinoyat kodeksining 205.1-moddasi) moddasi böyiça ham muddatlar yuqoriga qarab özgartirilmoqda: birinçi qismga köra, sudlar 7 yilgaça (oldingi tahrirdagi 5 yil örniga), ikkinçi qismga esa 12 yilgaça (10 yil örniga) ozodlikdan mahrum qiliş jazosini tayinlaşi mumkin. Terrorçilik faoliyatida iştirok etganlik uçun (Jinoyat kodeksining 205.4-moddasi 2-qismi) endi 10 yildan 15 yilgaça (ilgari 5 yildan 10 yilgaça) muddat beriladi.

Bundan taşqari, RF Jinoyat kodeksining 284.3-moddasi paydo böladi (Rossiya iştirok etmaydigan xalqaro taşkilotlar yoki xorijiy davlat organlarining «qarorlarini bajarişda yordam beriş»). Unda 300 mingdan 1 million rublgaça jarima yoki 5 yilgaça qamoq jazosi nazarda tutilgan.