Jahon | 23:14 / 19.12.2016
32811
2 daqiqa o‘qiladi

Anqara meri Rossiya elchisiga suiqasd nima maqsadda sodir etilganini aytdi

Rossiyaning Anqaradagi elchisi Andrey Karlovga qurolli hujum Rossiya-Turkiya munosabatlariga putur yetkazish maqsadida amalga oshirilgan, deb aytdi Anqara meri Melix Gyokchyok.

Karlov olingan jarohatlardan vafot etdi.

"Shubhasiz, bu suiqasd Rossiya va Turkiya o‘rtasidagi munosabatlarni buzishga qaratilgan bo‘lgan", deb aytdi Gyokchek NTV telekanali efirida.

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi Karlov qurolli hujum oqibatida halok bo‘lganini tasdiqlagan. 

Telekanalning ma'lum qilishicha, tez yordam mashinasi Karlovni shifoxonaga olib ketgan. Unga yurak massaji va sun'iy nafas berish muolajalari qo‘llangan.  

Ma'lumotlarga ko‘ra, Karlovga hujum fotoko‘rgazma ochilishi vaqtida sodir etilgan. Hujum oqibatida 3 kishi yaralangan. Elchi ko‘rgazma ochilishi munosabati bilan nutq so‘zlayotganda o‘qqa tutilgan. 

Guvohlarning aytishicha, terrorchi ko‘rgazma o‘tkazilayotgan binoga galstuk va kostyumda kirib kelgan va elchining qo‘riqchisi deb qabul qilingan. Politsiya operatsiyasi natijasida qotil yo‘q qilingan.

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid