Light | 01:27 / 20.12.2016
9795
3 daqiqa o‘qiladi

20 dekabr kuni "1 kishi. 7 amirlik. 7 kun" sayohatiga start beriladi

Foto: Gulfnews.com

Jalol bin Saniy imkoniyati cheklangan kishilarga e'tiborni yuksaltirish va bir vaqtning o‘zida jahon rekordini o‘rnatish maqsadida yetti amirlikni atigi 7 kunda bosib o‘tishni rejalashtirmoqda. Bu haqida Gulf News nashri xabar berdi.

U 2006 yil, 20 yoshida Dubay Autizm markazini qo‘llab-quvvatlash maqsadida yetti amirlikni aylanib chiqqan. O‘shanda sayohatga 18 kun sarflangandi. 

2008 yilda Jalol Dubaydagi 100 osmono‘par binoning zinalarini 12 kunda bosib o‘tib, "vertikal marafon" qahramoniga aylangan. U Rashid Centre nogironlar markazini  qo‘llab-quvvatlash maqsadida shu ishni amalga oshirgan. 

2009 yilda u imkoniyati cheklangan bolalarni davolovchi Dubai’s Senses Centre'ni qo‘llab-quvvatlash maqsadida Omon va BAA o‘rtasidagi "Rub-al-Haliy" ulkan sahro hududini bosib o‘tgan. 

2011 yilda BAAdan Makkaga, Saudiya Arabistoniga yo‘l olib, 2000 kilometrli masofani bosib o‘tgan. Sayohatga 47 kun ketgan. U Umra ziyoratini ado etdi. Bu safar u Dubaydagi Imkoniyati cheklangan kishilar markazini qo‘llab-quvvatlashga qaror qildi.

2013 yilda u Fors ko‘rfazining 6 mamlakati (Omon, BAA, Saudiya Arabistoni, Qatar, Bahrayn, Kuvayt) bo‘ylab 5000 kilometrdan ortiq masofani bosib o‘tgan. Sayohat BAAdagi notijorat tibbiy tadqiqotlar o‘tkaziluvchi Al Jalila Foundation'ga atalgan. 

Endi esa u Ginnesning rekordlar kitobiga kirmoqchi. Biroq orzusidagi ko‘k sertifikatni qo‘lga kiritish u qadar oson emas.

Foto: Gulfnews.com

20 dekabr kuni Jalol bin Saniyning amirliklar bo‘yicha sayohatiga start beriladi. U sahrolar va tog‘li hududlarni yolg‘iz kechib o‘tishiga to‘g‘ri keladi. 

Foto: Gulfnews.com

Saniy buning uddasidan chiqqan tadirda, u "Birlashgan Arab Amirliklarini eng tez bosib o‘tgan piyoda" sifatida rasman taqdirlanadi. 

Foto: Gulfnews.com

Jalol sayohatni amalga oshirish uchun dastlab vannaxona, mini-oshxona va qulay krovati bo‘lgan g‘ildirakli uyni ijaraga olmoqchi bo‘ldi.

Biroq bunday uyning qimmatga tushishini inobatga olib, u Nissan Patrol'da uxlash uchun maxsus joy tayyorlashiga to‘g‘ri keldi. Avtomobil Saniyga yordam beruvchi ko‘ngilli tomonidan boshqariladi. 

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid