O‘zbekiston | 16:59 / 20.12.2016
7156
2 daqiqa o‘qiladi

«Angren» erkin iqtisodiy hududi Koreya ishbilarmon doiralariga tanishtirildi

Foto: Uzdaily

O‘zbek-Koreya agrosanoat va savdo biznes seminari chog‘ida «Angren» erkin iqtisodiy hududida biznes yuritish uchun barpo etilgan qulay sharoitlar hususida ma'lumot berildi va uning taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Seminar «O‘zbekoziqovqatzaxira» Assotsiatsiyasi tomonidan Koreya savdo va investitsiyalarga ko‘maklashish agentligi hamda Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'yektlari eksportini qo‘llab-quvvatlash fondi bilan hamkorlikda tashkil etilgan, deb xabar qilmoqda UzDaily.uz sayti. 

Biznes-seminarda O‘zbekiston savdo, agrobiznes va oziq-ovqat sanoatining turli soha vakillari, shuningdek, Koreya respublikasining qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini xarid qiluvchilar va zamonaviy qayta ishlash texnologik uskunalarini ishlab chiqaruvchi kompaniyalarining vakillari ishtirok etgan. 

Ushbu anjuman chog‘ida Koreyaning KAFCO (organik o‘g‘itlar ishlab chiqarish), COOL TOP (meva-sabzavot mahsulotlarini quritish bo‘yicha texnologik liniyalar), FNG International (meva-sabzavot mahsulotlarini qadoqlash bo‘yicha texnologik liniyalar), MYUNG SEONG (meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash bo‘yicha kompleks avtomatlashtirilgan uskunalar) va boshqa kompaniyalarining taqdimoti ham bo‘lib o‘tgan. 

 

Mavzuga oid