Jahon | 00:08 / 20.12.2016
16652
1 daqiqa o‘qiladi

Anqara meri Rossiya elchisining qotilligiga aloqador odamlar kim bo‘lishi mumkinligini aytdi

Anqara meri Melix Gyogchek Rossiyaning Turkiyadagi elchisi Andrey Karlov qotilligiga Rossiyaning Su-24 samolyotiga hujumda ishtirok etgan odamlar aloqador bo‘lishi mumkinligini aytdi. Bu haqda "Interfaks" axborot agentligi xabar bermoqda.     

"Bosqinchining maqsadi Rossiya-Turkiya munosabatlariga zarar yetkazish bo‘lgan, hujum ortida esa Rossiyaning harbiy samolyotiga chegarada hujum qilinishi ortida turgan jinoyatchilar turgan bo‘lishi mumkin. Bosqinchi "FeTO" guruhi a'zosi bo‘lishi mumkin. Qotil politsiyada xizmat qilgan bo‘lishi mumkinligi haqidagi ma'lumot tekshirilmoqda", deb yozgan mer tvitterda. 

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid