15:01 / 20.12.2016
9033

LG SMART TV televizorining yangi imkoniyatlari – WebOS 3.0

Magic Zoom, Magic Mobile Connection, Magic Remote –bularning barchasi qulaylik taqdim etuvchi LG Smart TV televizorlarining noyob qo‘shimcha funksiyalari

Qachonlardir televizor qarshisiga o‘tirib, ma'lum bir kanallar to‘plamini tomosha qilar edik, bundan ortig‘i esa xayolimizga ham kelmasdi. O‘sha paytlar shuning o‘zi yetarlidek tuyulardi, biroq, aslida odamlar televizor imkoniyatlarining haqiqiy ko‘lamini yaxshi anglab yetishmagan. Ehtimol, biz hali-hanuz ularning salohiyatini to‘liq ochib bera olmagandirmiz. Shunga qaramay, Smart TV’ning paydo bo‘lishi hayotning  yangicha bo‘yoqlar bilan ifodalanishiga sabab bo‘ldi. Endilikda nafaqat belgilangan vaqtda muayyan bir filmni tomosha qilish mumkin, balki istagan vaqtda internetga ulanib, xilma-xil kontentlarga kirish imkoni ham mavjud. O‘zingiz istagan film, serial, sevimli yangiliklar dasturini tomosha qilishingiz yoki butun oilangiz bilan barcha mamlakatlardagi Yangi yil kurantlar bongini kuzatishingiz mumkin. 

Umuman olganda, hamma narsaning imkoni bor, butun video va audio kontent – Sizning xizmatingizda! Bundan tashqari, uning a'lo sifati sizga xush yoqishi aniq. Ba'zan voqealar ekranda emas, yon-atrofingizda, o‘tirgan xonangizda ro‘y berayotgandek tuyuladi. Ajoyib ovozli tizim bunday hissiyotlarni yanada  boyitadi. 

Smart TV webOS 3.0 platformasi avvalgilaridan nimasi bilan farq qiladi? Eng avvalo, u Smart TV platformalari orasida eng ko‘p funksiyali platforma sifatida e'tirof etiladi, zero uning xususiyatlari barchada katta taassurot qoldiradi. Yangilangan funksional bilan ta'minlangan webOS 3.0 Sizlarni ulkan va xilma-xil qiziqarli kontentlar olamiga taklif etadi. Platformaning yaqqol ustunligi – foydalanishning qulayligi va oddiyligida. Hattoki hech qachon  Smart televizorlaridan foydalanmagan inson ham osonlik bilan bu qurilmani tushunib oladi. LG Smart TV qo‘shimcha funksiyalari Magic Zoom, Magic Mobile Connection va yangilangan Magic Remote pulti esa foydalanuvchilarning imkoniyatlarini sezilarli darajada kengaytiradi. 

Magic Zoom yordamida ekrandagi obektlarni kattalashtirish ancha osonlashdi. Shunisi diqqatga sazovorki, bunda tasvir sifati ham pasaymaydi. Magic Mobile Connection yordamida esa foydalanuvchilar LG TV Plus ilovasi orqali o‘z mobil telefonlarini osonlik bilan LG Smart TV’ga ulashlari mumkin bo‘ladi. Shu tariqa, televizor ekranida mobil ilovalarni ochish imkoni paydo bo‘ladi. Smart TV televizorlaringizning imkoniyatlaridan maksimal ravishda baxramand bo‘lish uchun ishlab chiqaruvchilar Magic Remot pultini yangilashdi. Unga boshqaruvni yengillashtirish maqsadida qo‘shimcha tugmalar qo‘shildi. Yangilangan pult o‘z funksionaliga ko‘ra, kompyuter sichqonchasi bilan bellasha oladi. 

LG internetda: 

Facebook
Instagram
LGblog.uz
Mover.uz

Reklama huquqi asosida

Top