1 oktyabr, çorşanba kuni Yevropa kengaşi parlament assambleyasi (YeKPA, PACE) Rossiya demokratik kuçlari bilan muloqot uçun platforma yaratişga qaror qildi. Uşbu platforma assambleya va Rossiya muxolifati uçun fikr almaşiş va «özaro manfaatli masalalarni hal qiliş» uçun forum bölib xizmat qilişi közda tutilgan.
Platformaga YeKPA rahbari raislik qiladi. Uning iştirokçilariga ma’lum huquqlar beriladi: ular qömita va quyi qömita yiğilişlarida, şuningdek, YeKPA sessiyalarida ötkaziladigan tadbirlarda qatnaşişi va raisning ruxsati bilan ularda nutq sözlaşi mumkin böladi.
YeKPAning 80 nafar a’zosi uşbu platformani yaratişni tartibga soluvçi «Rossiya demokratik kuçlari» rezolyutsiyasini yoqlab çiqdi, tört nafari betaraf qoldi. Ovoz beriş YeKPAning Strasburgdagi yalpi sessiyasida bölib ötdi.
2022 yilning mart oyida Rossiya Ukrainaga qarşi uruşi tufayli Yevropa kengaşidan çiqarib yuborilganiga qaramay, Yevropa kengaşi a’zolarining fikriça, Rossiyadan kelgan muxolif siyosatçilar va faollarning taşkilot rahbariyati va assambleya a’zolari bilan töğridan töğri muloqot qilişi uçun bir qator jiddiy sabablar bor.













