Strategiya loyihasiga muvofiq, milliy kino mahsulotlarini xalqaro maydonda keng tarğib qiliş va özbek kinematografiyasining raqobatbardoşligini oşiriş maqsadida milliy filmlarni dunyodagi eng ommabop 10 ta internet platformasiga joylaştiriş közda tutilgan. Bu taşabbus milliy kontentning kölamli auditoriyaga çiqişi, turli mamlakatlardagi tomoşabinlar uçun uning oçiqligi va tanilişi oşişiga xizmat qilişi kutilmoqda.
Loyihada 2024–2030 yillarda davlatçilik rivojining uç ming yildan ziyod tarixi, buyuk ajdodlarning ilmiy, madaniy va ma’naviy merosini aks ettiruvçi 50 ta kinoloyihadan iborat filmlar turkumini işlab çiqariş hamda xorijda, xususan, kinofestivallar va telekanallarda namoyiş etiş rejalaştirilgan. Şuningdek, milliy qahramonlar haqida 59 ta multiplikatsion film işlab çiqariş, ularni internet platformalariga joylaştiriş va telekanallarda namoyişini taşkil etiş ham loyihada qayd etilgan.
Xalqaro ilgari suriş yönalişida xalqaro kinofestivallarda 54 ta film namoyişini taşkil etiş, şu orqali milliy kinoning xorijiy maydondagi iştiroki va tanilişiga xizmat qiliş maqsad qilingan. Kinoindustriyaning iqtisodiy salohiyatini oşiriş uçun kino sohasiga yönaltiriladigan investitsiyalar hajmini 2,5 million dollarga yetkaziş va milliy kinematografiya mahsulotlari eksportini 10 million dollarga çiqariş rejalaştirilgan.
Şu bilan birga, ijtimoiy-ma’rifiy yönalişda harbiy-vatanparvarlik mavzusida 11 ta film, jadidçilik harakati namoyandalarining hayoti va faoliyati haqida 6 ta badiiy-publitsistik film işlab çiqariş va telekanallarda namoyişini taşkil etiş vazifalari ham loyihada aks etgan.
Közda tutilgan çora-tadbirlar milliy kinematografiyada işlab çiqariş hajmi va sifatiga turtki beriş, xalqaro tarqatiş imkoniyatlarini kengaytiriş, investitsiyalarni jalb etiş hamda eksport salohiyatini oşirişga qaratilgan.












