2026 yil 1 dekabrgaça quyidagi imkoniyatlarga ega “Raqamli hukumat” tizimining OASIS yagona raqamli platformasi işlab çiqiladi:

🔹 davlat axborot tizimlarini yaratiş va rivojlantirişda yagona texnologik yondaşuvni ta’minlaş;
🔹 modullarga asoslangan texnologiyalar yordamida axborot tizimlarini yaratiş jarayonlarini maqbullaştiriş;
🔹 davlat axborot tizimlarining moslaşuvçanligi, xavfsizligi va samaradorligini oşiriş.

2025 yil 1 noyabrdan:

🔸  “Raqamli startaplar” dasturi va (yoki) Markaziy bankning “tartibga soliş qumdoni”da iştirok etuvçi startap loyihalarga Raqamli ma’lumotlar platformasidan 1 yilgaça bepul foydalaniş imkoniyati beriladi.
🔸 Özbekistonning xorijdagi diplomatik vakolatxonalari orqali jismoniy şaxsning şaxsiy identifikatsiya raqamini olgan IT-park rezidentlarining xorijiy mutaxassislari uçun masofadan bank hisobvaraqlari hamda virtual bank kartalari oçişga ruxsat beriladi.