Pentagon Liviyada IShIDga qarshi operatsiya yakunlanganini e'lon qildi

Foto: RIA
AQSh qurolli kuchlarining Afrika qo‘mondonligi Liviyada IShIDga qarshi operatsiya yakunlanganini rasman e'lon qildi. Xabarda "Odisseya chaqmog‘i" operatsiyasi 19 dekabrda yakunlangani aytilgan.
Ta'kidlanishicha, operatsiya asosiy maqsadlarga erishdi, ya'ni 495 ta yuqori aniqlikdagi aviazarbalarni berib, Sirtdan milliy kelishuv hukumati bilan bog‘liq kuchlarga IShIDni siqib chiqarishga imkon berdi. Zarbalar terrorchilarning minalashtirilgan yuk mashinalari, og‘ir qurol-aslaha va tanklari, qo‘mondonlik markazlari va jangovor pozitsiyalariga berilgan.
Liviyada milliy kelishuv hukumati qurollangan tuzilmalari dekabr boshida Sirtning IShID jangarilaridan to‘liq ozod etilganini e'lon qilgandi. Liviyaning sobiq yetakchisi Muammar Kaddafiyning ona shahri terrorchilar tomonidan 2014 yilda bosib olingandi. Jangarilarga qarshi operatsiya joriy yil may oyidan olib borilgan.
AQSh Liviya hukumati iltimosiga ko‘ra terrorchilarga aviazarbalar bergan. AQSh harbiy-dengiz flotining Wasp universal desant kemasi va San Antonio desant-transport kemasi Liviya yaqinida 4 oy navbatchilik qilgan.
Tavsiya etamiz
Toshkentda yo‘l o‘rtasidagi birinchi tezyurar yo‘lak qurilishi boshlanadi
O‘zbekiston | 19:08 / 13.05.2025
1 iyundan O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida 30 kunlik vizasiz rejim kuchga kiradi
O‘zbekiston | 17:29 / 13.05.2025
O‘zbekistonliklar eng ko‘p Green Card yutganlar orasida 1-o‘rinni egalladi
Jahon | 22:24 / 12.05.2025
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Imtihonga kech qolgan talaba aviakompaniyani sudga berib, unda yutib chiqdi
Jahon | 00:59
-
Milliy rassomlik va dizayn institutiga rektor tayinlandi
O‘zbekiston | 00:26
-
Tramp AQSh Suriyaga qarshi sanksiyalarini bekor qilishini aytdi
Jahon | 23:45 / 13.05.2025
-
Xitoyda yo‘lovchi toza havodan nafas olish uchun samolyotning avariyaviy eshigini ochib yubordi
Jahon | 23:29 / 13.05.2025
Mavzuga oid

09:57 / 13.05.2025
Tripolida qurolli to‘qnashuvlar sodir bo‘ldi

21:22 / 07.05.2025
AQSh migrantlarni Liviyaga deportatsiya qilishga tayyorlanmoqda

21:21 / 14.03.2025
Iroqda IShIDning «eng xavfli jangarisi» o‘ldirildi

09:05 / 31.01.2025