Shavkat Mirziyoyev Angela Merkelga hamdardlik bildirdi
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Germaniya kansleri Angela Merkelga Berlin shahrida yuz bergan terrorchilik harakati natijasida ko‘plab insonlarning halok bo‘lganligi munosabati bilan maktub yo‘lladi. O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati maktub matnini keltirgan.
O‘zbekiston rahbari samimiy ta'ziya izhor etib, halok bo‘lganlarning oila a'zolari va yaqinlariga hamda jarohatlanganlarga hamdardlik va dalda so‘zlarini yetkazib qo‘yishni so‘ragan.
Eslatib o‘tamiz, 19 dekabr kuni Germaniya poytaxti Berlin markazida Rojdestvo yarmarkasida yig‘ilgan kishilar ustiga yuk mashinasi haydab borildi. Natijada 12 kishi halok bo‘ldi, 50dan ortiq kishi kasalxonaga yotqizildi. Germaniya hukumati bu hodisani terakt sifatida baholagan.