Toshkentda o‘z onasini pichoqlab o‘ldirgan yigit uzoq muddatga ozodlikdan mahrum etildi
Onasiga qo‘l ko‘tarib, so‘ng uni vahshiylarcha o‘ldirgan Shahboz Baxriddinov sud zalida o‘z qilmishidan pushaymon bo‘ldi. Mazkur sudda ishtirok etganlar uning sodir etgan jinoyatini eshitib, yoqa ushlashdi, deb yozmoqda “Huquq” gazetasi.
Voqea aslida Shahbozning spirtli ichimlik ichib, mast holatda uyiga kirib kelishidan boshlandi. Ona o‘g‘lining og‘zidan kelayotgan spirtli ichimlik hidini sezib, unga dakki berdi.
- Jonimga tegib ketdi shu gaplaringiz! Tinch qo‘ying meni! – deya Shahboz onasini jyerkib, oshxonaga kirib ketdi.
Mast o‘g‘ilga onasining nasihatlari yoqmadi. Spirtli ichimlik ta'siridan miyasi aynigan Shahbozning niyati buzildi. Og‘u o‘z kuchini ko‘rsatib, uni jinoyatga yetakladi. Mastlik ona mehridan ustunlik qildi. Oradan ko‘p vaqt o‘tmay, u qo‘lida pichoq bilan onasining yotoqxonasiga bostirib kirdi. O‘g‘lining vajohatini ko‘rib, onaning kapalagi uchdi. Shu holatda ham farzandidan yomonlik kutmadi.
- O‘g‘lim, pichoq bilan nima qilmoqchisan? – deb xavotirlanib so‘radi, xolos.
Sh.Bahriddinov esa onasining duch kelgan joyiga pichoqni sanchaverdi. Qonga belangan onaizor hushidan ketdi.
Oradan biroz vaqt o‘tib, Shahbozning otasi ishdan keldi. Hech kim kutib olmaganidan xavotir olib, to‘g‘ri yotoqxonaga shoshildi. Ayoli qonga belangancha yotardi.
Ko‘p o‘tmay “tez tibbiy yordam” xodimlari yetib kelishdi, ammo ayol allaqachon vafot etgan edi.
Jinoiy ishlar bo‘yicha Toshkent shahar sudining hukmi bilan Shahboz Bahriddinov uzoq muddatga ozodlikdan mahrum etildi.
Mavzuga oid
19:18 / 02.11.2024
Archazordan topilgan odam boshi – Qo‘shtepadagi qotillik tafsiloti
19:02 / 31.10.2024
Navoiydagi cho‘lda 10 nafar yigit pichoqlashdi
11:44 / 30.10.2024
3 yoshli bolaning qotili Jinoyat kodeksining 5 ta moddasi bilan ayblanmoqda
11:12 / 29.10.2024