19:26 / 21.12.2016
16993

2016 yilning 127 hodisasi bitta rasmda

Amerikalik rassom Niv Bavarski BeutlerInk kompaniyasi uchun o‘ziga xos rasm yaratdi. Unda 2016 yilda yuz bergan 127 ta hodisa va voqealar bir joyga jamlangan, deb xabar beradi Gizmodo.

Ishda sport, siyosat va shou-biznes sohalaridagi eng yorqin holatlar aks ettirilgan. Bird In Flight’ning yozishicha, illyustratsiyada “Oskar” olgan Leonardo DiKaprioni, Bred Pitt va Anjyelina Joli, Donald Tramp, pokemonlar va boshqa qahramonlarni uchratish mumkin.

Uning pastki chap burchagida esa 2016 yilda hayotdan ko‘z yumgan mashhurlar tasvirlangan: aktyor Alan Rikman, qo‘shiqchi Devid Boui, bokschi Muhammad Ali va boshqalar. Ishning o‘ng qismi siyosiy voqealarga bag‘ishlandi. Unda Sobiq Ittifoq gerbi tushirilgan bosh kiyimni kiyib olgan Vladimir Putin, Donald Tramp, Hillari Klinton va Devid Kemeronni ko‘rish mumkin.

BeutlerInk saytida rassom tomonidan tasvirlangan barcha voqealar ta'rifini topish imkoni bor.

Eslatib o‘tamiz, rassom Lyuk MakGarri ham 2015 yilda kompaniyaga xuddi shunga o‘xshash ishni tayyorlab bergandi.
 

Mavzuga oid
Top