Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Peruda avtobusning jarga tushib ketishi oqibatida halok bo‘lganlar soni 12 kishigacha oshdi
Peru janubi-sharqida avtobusning jarga tushib ketishi oqibatida halok bo‘lganlar soni 12 kishigacha oshdi, deb ma'lum qildi politsiya boshqarmasi rahbari, general Visente Romero.
Avval 7 kishi halok bo‘lgani ma'lum qilingandi. Generalning aytishicha, politsiyachilar ketayotgan avtobus tog‘ yo‘lidan chiqib ketib, 700-800 metrlik chuqurlikdagi jarga tushib ketgan.
Avtobusda 30 dan ko‘proq politsiyachi Antabamba viloyatida avtomobil yo‘llari qurilishi va ta'mirlanishini talab qilayotgan mahalliy aholi bilan nizoni tartibga solishga urinayotgan amaldorlar xavfsizligini ta'minlash uchun viloyatga ketayotgan bo‘lganlar.
"Frans Press" axborot agentligi ma'lumotlariga ko‘ra, fojyea oqibatida 13 kishi jarohat olgan, ulardan 6 nafarining ahvoli og‘ir.
Mavzuga oid
22:38 / 23.05.2026
Toshkentdan voha viloyatlariga qo‘shimcha avtobus reyslari yo‘lga qo‘yildi
09:39 / 06.05.2026
Xalqaro qidiruvdagi Turkiya fuqarosi Perudan O‘zbekistonga olib kelindi
17:13 / 29.04.2026
Toshkentda yo‘lovchilarga qo‘pol muomala qilgan avtobus haydovchisi ishdan olindi
09:44 / 19.04.2026