Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShning jangovar atom suvosti kemasi Yaponiyadagi bazaga kirdi
AQSh harbiy-dengiz kuchlarining jangovar USS Alexandria atom suvosti kemasi Yaponiyaning Kyusyu oroli janubi-g‘arbidagi Sasebo harbiy-dengiz bazasiga kirdi. Bu haqda, baza qo‘mondonligi rasman ma'lum qildi, deb xabar qilmoqda TASS agentligi.
Bu joriy yilda Amerika atom suvosti kemasining Sasebo bazasiga 24-kirishi bo‘ladi. Shu bilan ushbu harbiy-dengiz bazasidan foydalanish boshlangan 1964 yildan buyon ilk marotaba rekord qo‘yilgan, deya ma'lum qilgan Sasebo munitsipal ma'muriyati. Bunday faollik, Pentagonning Koreya yarimorolidagi vaziyatni va Xitoyning Yapon dengizidagi harakatlarini kuzatishi bilan bog‘liq.
Baza qo‘mondonligiga ko‘ra, Alexandria Yaponiyaga jamoasining dam olishi va zaxiralarni to‘ldirishi uchun kelgan. "Los-Anjyeles" turidagi 110 metrlik suvosti kemasi dengiz, suvosti va quruqlikdagi nishonlarga zarba bera oladi. U turli xil, xususan, qanotli "Tomagavk" kabi raketa va torpedolar bilan qurollangan.