Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fransiyada quyosh panellari bilan qoplangan yo‘l foydalanishga topshirildi
22 dekabrda Fransiyaning Turuvr shahrida quyosh batareyalari bilan qoplangan dunyodagi birinchi avtomobil yo‘li foydalanishga topshirildi, deb xabar qilmoqda TASS agentligi.
«Avtomobil yo‘llari yuzasidan quyosh nurlarini elektr energiyasiga aylantiruvchi panellarni joylashtirish uchun foydalanish qishloq xo‘jaligi uchun yaroqli bo‘lgan yerlarni tejash imkonini beradi», — degan mamlakat ekologiya, barqaror taraqqiyot va energetika vaziri Segolen Ruayal ochilish marosimida.
Davlatdan 5 million yevro miqdorida moliyaviy yordam olgan loyiha 5 ming kishilik shaharni yoritish uchun zarur bo‘lgan elektr energiyasini ishlab chiqa oladi.


Mavzuga oid
09:25 / 03.07.2026
Fransiyaning bir nechta hududida o‘rmon yong‘inlari avj olmoqda
09:45 / 01.07.2026
Fransiyada Shengen vizasi olish tartibi o‘zgardi
08:17 / 30.06.2026
Saida Mirziyoyeva: Fransiya bilan strategik sheriklik yanada mustahkamlanadi
20:54 / 28.06.2026