Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Indoneziyada suv toshqinlari sabab 100 ming inson boshpanasini tark etdi
Indoneziya markaziy qismidagi suv toshqinlari oqibatida kamida 100 ming kishi o‘z uylarini tashlab ketishga majbur bo‘ldi. Bu haqda Sinxua agentligi xabar bermoqda.
Agentlik ma'lumotlariga ko‘ra, suv toshqinlari bosh aeroportning yopilishiga olib kelgan, infratuzilma jiddiy talofot ko‘rgan: 20 ming uy, ikkita ko‘prik va 60 dan ortiq tibbiyot muassasalari zarar ko‘rdi. Tabiiy ofat kommunikatsiya va elektr ta'minlash tizimini ishdan chiqargan.
Tabiiy ofatlar oqibatlarini bartaraf qilish mahalliy boshqarmasi vakilining ma'lum qilishicha, hududda favqulodda holat rejimi e'lon qilindi. U 4 yanvarga qadar belgilandi. Askarlar, politsiya va qutqaruvchilar jabrlanganlarga yordam ko‘rsatish bo‘yicha amaliyotlarda ishtirok etmoqda.
Mavzuga oid
11:29 / 27.06.2026
TikTok va YouTube Indoneziyada 16 yoshgacha bo‘lgan foydalanuvchilarning akkauntini o‘chirdi
09:12 / 27.05.2026
O‘zbekistonda 5 ta sel-suv ombori quriladi
22:02 / 06.05.2026
“Yana ozgina yomg‘ir yog‘sa, favqulodda holat vujudga kelardi” – shaharsoz
09:25 / 06.03.2026