17:32 / 25.12.2016
6826

"Oskar" mukofotining ikki karra sohibi bo‘lgan rassom vafot etdi

Foto: AP

Taniqli ispan rassomi va dekoratori, "Oskar" mukofotining ikki karra sohibi Manuel Xil Parrondo i Riko (Manuel Gil Parrondo y Rico) 96 yoshida Madridda hayotdan ko‘z yumdi. 

Xil Parrondo kinematografiyadagi eng yaxshi rassomlik va dekoratorlik ishi uchun beriladigan eng nufuzli mukofotni "Patton" (1970) va "Nikolay va Aleksandra" (1971 yil, oxirgi rus imperatorining hayoti haqida) filmlari uchun olgan, ikki filmga ham Franklin Sheffner rejissyorlik qilgan. Bundan tashqari, u 4 marta Ispaniya kinematografiya san'atlari va fanlari akademiyasi tomonidan beriladigan "Goyya" mukofoti bilan taqdirlangan.   

Parrondo jahon kinematorgafiyasining mashhur filmlari bo‘lgan "Doktor Jivago" (1965, rejissyor Devid Lin) va "El Sid" (1961, rejissyor Entoni Mann), "Arabistonlik Lourens " (1962 god, rejissyor Devid Lin), "Spartak" (1960, rejissyor Stenli Kubrik) kabi filmlar yaratilishida ishtirok etgan. Bundan tashqari, u Jorj Kyukor, Orson Uells kabi ko‘plab rejissyorlar bilan ishlagan.

Parrondo o‘z ishlari haqidagi gapirganda, "yomon ham, yaxshi ham bo‘lmagan suratlar yaratganini", mashhur rejissyorlar bilan ishlashini esa "omad hamda biroz mehnat" deb aytgan.

Parrondo umumiy hisobda 114 ta film yaratilishida ishtirok etgan.

 

Mavzuga oid
Top