08:41 / 26.12.2016
11296

Rossiya mudofaa vazirligi: Tu-154 texnik soz holatda bo‘lgan

Foto: Google image

Tu-154 samolyoti aviahalokatdan avval texnik soz holatda bo‘lgan, deb xabar beradi «Interfaks» Rossiya qurolli kuchlarining parvozlar xavfsizligi xizmati boshlig‘i Sergey Baynetovga asosan.

«Samolyot texnik soz holatda bo‘lgan. Eng so‘nggi ta'mirlash ishlari 2016 yilning sentabrida o‘tkazilgandi. Samolyot ekipaji qo‘mondoni – birinchi darajali harbiy uchuvchi mayor Volkov Roman Aleksandrovich bo‘lib, ekipaj ushbu yo‘nalish bo‘yicha bir necha bora parvozlarni amalga oshirgan», - deb xabar berdi Baynetov.

Avvalroq, Sochida halokatga uchragan Tu-154 bortida terakt sodir etilgani haqidagi taxmin ham borligi xabar berilgandi. Biroq, u asosiy sabab sifatida ko‘rilmayotgani aytildi.

 

Top