O‘zbekiston | 12:43 / 26.12.2016
31858
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston delegatsiyasi Dushanbega bir kun kechroq boradi

Arxiv surat

O‘zbekiston Bosh vaziri o‘rinbosari Rustam Azimov rahbarligidagi delegatsiyaning 26 dekabrga belgilangan Dushanbega tashrifi 27 dekabrga ko‘chirilgan. «Aziya Plyus» agentligining Tojikiston hukumatidagi manbasiga ko‘ra, bu mamlakat prezidenti Imomali Rahmonning mamlakatda emasligi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Hozirda, Tojikiston davlat rahbari Kollektiv xavfsizlik shartnomasi Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida ishtirok etish uchun Sankt-Peterburgda bo‘lib turibdi. 

«Rejaga muvofiq, 28 dekabrda prezident Dushanbeda O‘zbekiston hukumat delegatsiyasining rahbari Rustam Azimovni qabul qiladi», - degan manba. 

Shuningdek, 28 dekabr kuni hukumatlararo savdo-iqtisodiy qo‘shma komissiyaning majlisi bo‘lib o‘tadi. 

Avvalroq, tomonlar Dushanbe uchrashuvida 2000 yilda joriy qilingan viza tartibini yengillatish masalalarini muhokama etishi mumkinligi xabar qilingan edi. Unga ko‘ra, kelasi yil boshidan yo‘lga qo‘yiladigan Dushanbe-Toshkent-Dushanbe aviaqatnovi yo‘lovchilari vizalarni bevosita aeroportlarda olishi mumkin bo‘ladi. 

Hukumatlararo qo‘shma komissiya majlisi yakunida ushbu masalalar, shuningdek, aviachipta narxi va uning qaysi sanadan boshlanishiga oydinlik kirituvchi kelishuv imzolanishi kutilmoqda. 

 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid