Sport | 23:09 / 26.12.2016
14726
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonlik futbolchi Qatarda to‘p suradigan bo‘ldi

Ukrainaning "Vorskla" futbol klubida to‘p surgan yarim himoyachi Sanjar Tursunov faoliyatini yana Qatarda davom ettiradigan bo‘ldi. Bu haqda Sports.uz ma'lum qilgan.

Xabarga ko‘ra, futbolchi "Al-Xaraytiyat" klubiga ko‘chib o‘tdi. O‘zbekistonlik yarim himoyachi qatarliklar bilan 1,5 yillik bitimga imzo chekkan. 

Ma'lumki, 30 yoshli futbolchi o‘tgan mavsumning ikkinchi yarmini Qatar Yulduzlar Ligasida o‘tkazib, 11 o‘yinda maydonga tushib, ukrainaliklar safiga qaytgan edi. 

Ma'lumot uchun, "Al-Xaraytiyat" ayni paytda turnir jadvalida 13-turdan so‘ng 3 g‘alaba, 3 durang va 7 mag‘lubiyat bilan 10-o‘rinni band etib turibdi. 

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid