Yangi uslub bilan elektr hisoblagichlarni qiyoslashni bilasizmi?
“O‘zstandart” agentligi tomonidan “O‘zdavenergonazorat” DI bilan birgalikda “Maishiy iste'molchilarning elektrenergiyasini hisobga olish priborlarini qiyoslashdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom” tasdiqlandi hamda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida ro‘yxatga olindi, deb xabar beradi O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi rasmiy sayti.
Ushbu nizomlarning asosiy vazifasi – qiyoslashni tashkillashtirish va o‘tkazish jarayonini optimallashtirish, uni iste'molchi uchun soddaroq va qulayroq qilishdir. Elektr energiyasini hisobga olish priborlarini qiyoslashdan o‘tkazish bo‘yicha yangi qoidalar mulkdorni instansiyalarga ortiqcha qatnashdan ozod etadi, bu majburiyatlarni mutaxassislar – tuman elektr ta'minot korxonalarining vakillari o‘z zimmalariga oladilar. Hozirgi paytda bu faqat elektr energiyasini hisobga olish priborlariga taalluqli.
O‘tgan yilning 1 dekabridan Nizom bilan yangi qoidalar kiritildi. Qiyoslashlararo interval tugashidan bir oy oldin elektr energiya yetkazib beruvchisi iste'molchining imzosini olgan holda, qiyoslashdan o‘tkazish muddati kelganligi to‘g‘risida uni xabardor qiladi. Xabarnoma olgandan so‘ng, mulkdor yetkazib beruvchiga ariza beradi. Keyin elektr ta'minot korxonasining vakili keladi, hisoblagichni yechadi va dalolatnoma tuzadi. Qiyoslash o‘tkazish uchun to‘lov summasi ko‘rsatilgan to‘lov qog‘ozini beradi. To‘lov amalga oshirilgandan so‘ng hisoblagich davlat metrologik xizmatiga xizmatlar yetkazib beruvchining vakili tomonidan yetkaziladi. Metrologlar uch kun davomida hisoblagichni qiyoslaydilar. Hisoblagichni yana elektr ta'minot korxonasining vakili olib ketadi, mulkdorga yetkazadi va o‘rnatadi. Qiyoslashlararo interval o‘zgarmadi, u barcha iste'molchilarning elektr energiya hisoblagichlari uchun to‘rt yilni tashkil etadi.
Hujjatga asosan, elektr ta'minot tashkiloti elektr energiya hisoblagichlarini qiyoslashdan o‘tkazish uchun javobgar hisoblanadi. Biroq mulkdorlar hisobga olish priborlarini qiyoslashdan o‘tkazishga to‘sqinlik qilmasdan, aksincha uni samarali o‘tkazish uchun barcha sharoitlarni yaratishlari kerak.
Qiyoslash elektr ta'minot tashkilotining tashabbusiga ko‘ra amalga oshirilgan hollar ham bo‘lishi mumkin. Bunday vaziyatda qiyoslashni o‘tkazish uchun barcha xarajatlarni u o‘z zimmasiga oladi, pribor mulkdori tomonidan qoida buzilishi yuzaga kelgan hollar bundan mustasno.
Muallif: Najmiddin Nurmuhammedov
Mavzuga oid
01:06 / 29.08.2024
Shveytsariya yangi AESlar qurilishiga qo‘yilgan taqiqni bekor qilishi mumkin
10:40 / 22.08.2024
Sanksiyalar tufayli Moskvada elektr energiyasi taqchilligi kelib chiqishi mumkin
20:26 / 07.08.2024
Elektr energiyasi hisobi uchun yangi billing dasturi ishga tushirildi
18:51 / 07.08.2024