Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hindistonda O‘zbekistonning sayyohlik va investitsion salohiyati namoyish qilindi
Hindiston poytaxti Nyu-Dehlida O‘zbekistonning iqtisodiy, sayyohlik va investitsion salohiyati namoyish qilindi.
"Jahon" axborot agentligi ma'lumotlariga ko‘ra, taqdimotda Hindiston tashqi ishlar vazirligi, savdo va sanoat vazirligi, 50 dan ko‘proq yetakchi kompaniyalari va sayyohlik firmalari, O‘zbekiston va Hindiston savdo-sanoat palatalari vakillari ishtirok etdi.
Tadbir doirasida zamonaviy O‘zbekiston, uning iqtisodiy, sayyohlik va investitsion salohiyati namoyish qilindi.
Tadbir ishtirokchilari O‘zbekistondagi investitsion muhit, xorijiy investorlar uchun mavjud bo‘lgan imtiyoz va preferensiyalar haqida ma'lumot olishdi. Shuningdek, O‘zbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash uchun ko‘rilayotgan choralar haqidagi ma'lumot taqdim etildi.
Shuningdek, O‘zbekistonda soliq stavkalarini yanada kamaytirish bo‘yicha choralar ko‘rilayotgani, bu esa mamlakatda biznesni yuritish uchun imkoniyatlarni kengaytirishga imkon bergani ta'kidlab o‘tildi.
Hindiston ishbilarmon doiralari vakillari O‘zbekistondan eksport qilinuvchi mahsulotlar, rasmiylashtirish jarayonlari va erkin iqtisodiy hududlarda beriladigan imtiyozlar, O‘zbekistondan tayyor mahsulotni MDH davlatlariga eksport qilish bo‘yicha kooperatsiya imkoniyatlari haqida batafsil ma'lumot olishdi.
Tadbirda O‘zbekistonda sayyohlikning barcha turlarini rivojlantirish siyosati olib borilishi, me'morchilik yodgorliklarini saqlash va restavratsiya qilish, O‘zbekistonga katta sondagi sayyohlarni jalb qilish bo‘yicha yaratilgan sharoitlar haqida ma'lumot berildi.
Ta'kidlash joizki, 2016 yil boshidan hindistonlik sayyohlar soni deyarli 20 foizga oshgan, bu esa O‘zbekistonning madaniyati va buyuk tarixiga qiziqish ortayotganini tasdiqlaydi.
Mavzuga oid
10:15 / 17.06.2026
O‘zbekistonda 10 yoshdan katta aholining qariyb barchasi mobil telefon ishlatadi
18:39 / 16.06.2026
Hindistonda tibbiyot oliygohlariga kirish imtihonlari paytida Telegram bloklandi
23:44 / 13.06.2026
Turkiyada qo‘lga olingan xalqaro qidiruvdagi ikki shaxs O‘zbekistonga qaytarildi
11:00 / 12.06.2026