Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turk OAV: AQSh Suriyadagi terrorchilarga qurol-yarog‘ yetkazib berishni faollashtirdi
AQSh Kurdiston ishchi partiyasining Suriyadagi qanoti PYD jangarilariga qurol-yarog‘ yetkazib berishni faollashtirdi. AQSh vakillarining bayonotlariga qaramay, Suriya shimolidagi Haseka viloyatiga so‘nggi ikki hafta davomida uch bora amerika qurol-yarog‘i yetkazib berilgan.
AQShning Anqaradagi elchisi Jon Bassning turk jurnalistlariga ma'lum qilishicha, Vashington PYD’ga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘mak bermayapti.
Biroq, «Anadolu» agentligining ma'lumotlariga ko‘ra, amerika elchisi bayonot bergan kuni ham Suriya shimolidagi Rumaylan aerodromida bortida qurol-yarog‘ bo‘lgan samolyot qo‘ngan. Ularni AQSh qurolli kuchlarining vertolyotlariga olib o‘tib, mamlakatning boshqa tumanlariga jo‘natishgan.
«Anadolu» manbalarining xabar berishicha, Suriya shimoliga so‘nggi bor eng yirik qurol yetkazib berish 27 dekabr kuni kechqurun ro‘y bergan.
Bundan tashqari, Iroq shimolidagi Erbil tumanidan o‘nlab yuk mashinalari yo‘lga chiqib, ular Suriyaning PYD jangarilari nazoratida bo‘lgan tumanlariga yetib kelgan.
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an esa kuni kecha AQSh boshchiligidagi xalqaro koalitsiyani Suriyadagi terrorchilarni qo‘llab-quvvatlashda ayblagandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Anqarada bunga yetarlicha isbotlar bor.
Mavzuga oid
10:10 / 15.07.2026
AQSh Iroq–Suriya neft quvurini qayta tiklashni rejalashtirmoqda
00:34 / 12.07.2026
Xitoy Starlink sun’iy yo‘ldoshlarini ishdan chiqaruvchi qurolini namoyish etdi
08:33 / 02.06.2026
Venada Asad davri generali ustidan sud boshlandi
08:29 / 01.06.2026