O‘zbekiston | 09:10 / 28.12.2016
18464
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda Yangi yil bayrami arafasida xavfsizlik choralari kuchaytirildi

Yangi yil bayramini ko‘ngildagidek o‘tkazishda osoyishtalikni saqlash, huquq-tartibotni mustahkamlash muhim ahamiyatga ega. Bu borada ichki ishlar idoralari tizimida bayram kunlari tinchlik va xavfsizlikni ta'minlashga qaratilgan chora-tadbirlar tasdiqlangan reja asosida amalga oshirilmoqda, deb xabar qildi O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining o‘rinbosari Saidkarim Nishonboyev.

“Bunda tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda jamoat tartibini saqlash, yo‘l harakati va yong‘in xavfsizligini ta'minlash hamda favqulodda vaziyatlarning oldini olishga alohida e'tibor qaratilayotir”, - deya Nishonboyevning so‘zlarini keltiradi O‘zA.

Uning so‘zlariga ko‘ra, yurtimizning har bir go‘shasi, ayniqsa, bayram tadbirlari o‘tkaziladigan joylar soha xodimlarining alohida e'tiborida. Noxush holatlar yuzaga kelishiga yo‘l qo‘ymaslik, xavfsizlikni ta'minlash yuzasidan maxsus reydlar o‘tkazilmoqda. 

Shu bilan bir qatorda, Nishonboyevning ta'kidlashicha, hozirgi murakkab zamon tinch-osoyishta hayotimizni asrash va mustahkamlash, xalqimizning kafolatlangan xavfsizligini ta'minlash masalasini yanada dolzarb qilib qo‘ymoqda. “Buning uchun doimo ogoh va sergak bo‘lib yashash, safarbarligimizni yanada oshirish talab etilayotir. Ichki ishlar idoralarining faoliyati ana shu asosda takomillashtirilmoqda”, - deya aytib o‘tdi u.

 

Mavzuga oid