Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
"2017-2020 yillar uchun turizm sohasini rivojlantirish konsepsiyasi"ning dastlabki rejasi taqdim etildi

Yangi qo‘mita rahbariyati bilan tanishuv, soha taraqqiyotining dastlabki 5 yillik konsepsiyasi va xorijda turizm salohiyatini yuksaltirish dasturi taqdimoti, shuningdek dolzarb masalalar va ularning yechimini topish bo‘yicha qizg‘in munozaralar - Davlat Turizm qo‘mitasining majlisi ana shunday shaklda bo‘lib o‘tdi.
Eslatib o‘tamiz, bundan avval "O‘zbekturizm" milliy kompaniyasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasiga aylantirilgani haqida xabar berilgan edi.
Majlis avvalida Qo‘mita rahbari Anvar Sharapov so‘zga chiqdi.
Tarmoqlararo muvofiqlashtirish va marketing tadqiqotlari boshqarmasi rahbari Abdulaziz Akkulov "2017-2020 yillar uchun turizm sohasini rivojlantirish konsepsiyasi"ning dastlabki rejasini taqdim etdi. Unda turizmni iqtisodiyot sohasi sifatida yangi darajaga olib chiquvchi faoliyatning asosiy yo‘nalishlari o‘z aksini topgan.
Tadbir davomida ta'kidlanganidek, bugungi kunda sohaning O‘zbekiston YaIMdagi ulushi atigi 3 foizni tashkil qiladi - mamlakatdagi salohiyatni inobatga oladigan bo‘lsak, bu juda kichik ko‘rsatkich.
Ikkinchi taqdimot xorijda sayyohlik salohiyatini targ‘ib qilishga qaratildi. U "Ipak yo‘li" reklama agentligining rahbari Farangiz Abdullayeva tomonidan taqdim etildi. Kelasi yildan soni va sifatini kengaytirish rejalashtirilayotgan qator tadbirlar majmui taklif qilindi.
Davlat turizm rahbariyati, shuningdek, TIV, Senat, Mehnat vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Adliya vazirligi va bir qator boshqa idoralar vakillari uchrashuv ishtirokchilarini kiritilgan takliflarning hech biri e'tiborsiz qolmasligiga ishontirishdi va hamjihatlikda harakat qilishga chaqirishdi.
Tavsiya etamiz
Germaniyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi
Jamiyat | 15:33 / 23.07.2025
O‘zbekistonda iPhone narxlari qimmatlashdi. Nega?
Iqtisodiyot | 21:38 / 22.07.2025
Toshkentda bemorga shilqimlik qilgan shifokor 5 sutkaga qamaldi
Jamiyat | 15:28 / 22.07.2025
Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan ozdiruvchi qahvalar savdosiga chek qo‘yildi
Jamiyat | 09:27 / 22.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
AQSh Isroil - HAMAS muzokaralaridan chiqdi
Jahon | 00:46
-
Sun’iy intellekt olimlarga Qadimgi Rim tarixidagi bo‘shliqlarni to‘ldirishga yordam beradi
Fan-texnika | 23:45 / 24.07.2025
-
Zalujniy Rossiyaga qarshi urush 2034 yilgacha davom etishini bashorat qildi
Jahon | 22:53 / 24.07.2025
-
Toshkentda voleybol bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida jahon chempionati boshlandi
Sport | 22:49 / 24.07.2025
Mavzuga oid

00:57 / 21.07.2025
Aliyev: «Qorabog‘ni tiklashda ilk sovg‘ani O‘zbekiston bergan»

21:30 / 02.07.2025
Bokuda 8,5 gektar maydonda «O‘zbekiston» bog‘i barpo etiladi

13:39 / 02.06.2025
O‘zbekiston universitetlariga Britaniyadan professor-o‘qituvchilar jalb qilinadi

19:02 / 22.05.2025