Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Amerikalik ayol bor bisotini sevimli jonzotlariga meros qilib qoldirdi
AQShning Tennesi shtatida yashovchi ayol bor bisotini uy hayvonlariga meros qilib qoldirdi, deb xabar bermoqda The Washington Post nashri.
Nashrning ta'kidlashicha, ayolning o‘limidan keyin uning ta'ziyanomasida u "hayvonlarni ashaddiy yaxshi ko‘rgani" va shuning uchun barcha davlatini ularga qoldirgani yozilgan bo‘lgan. Amaldorlar bir yil o‘tib uning bu vasiyatini tasdiqlashgan.
"Glenda Teylor DeLauder mushuk va itlarini shunchalik yaxshi ko‘rganki, o‘zining barcha mulkini bu jonzotlarga yordam berish uchun qoldirgan. Ko‘plab odamlar o‘z uy hayvonlarini bolalaridek yaxshi ko‘rishadi va o‘z farzandlariga ega bo‘lmagan ko‘plab odamlar o‘z hayvonlarini bolalar deb hisoblashadi. Okrugimizdagi bir fuqaro bu muhabbatning namunasi bo‘ldi", deb aytildi ayol yashagan Kanter-Kaunti okrugi meri Leon Xamfri bayonotida.
Ta'kidlanishicha, ayolning hayvonlarga qoldirgan mulki 1,2 mln dollarga baholangan.
Mavzuga oid
22:16 / 18.06.2026
AQSh vitse-prezidenti Ho‘rmuz bo‘g‘ozi blokadasi ochilganini e’lon qildi
21:12 / 18.06.2026
Neft narxi AQSh va Eron urushi boshlanganidan beri eng past darajaga tushdi
13:35 / 18.06.2026
AQSh-Eron prezidentlari o‘zaro anglashuv memorandumini imzoladi
10:00 / 18.06.2026