Alloh taologa beadad hamdu sanolarimiz, Payğambarimiz Muhammad sollollohu alayhi vasallamga behisob durudu salovotlarimiz bölsin!

Sarlavhadagi savolga qisqa va lönda qilib, «Özimiz aybdormiz» deb qöysak böladi. Lekin mana şu xulosaga keliş uçun bir qança ma'lumotlarni va hayotiy voqea-hodisalarni örganib ötsak, heç ikkilanmay, haqiqatan ham özimiz aybdor ekanmiz, deb xulosa qilişimiz qiyin bölmaydi. Allohga hamdu sanolar bölsinki, mustaqilligimizdan keyin barça sohalarda keng kölamli rivojlaniş, taraqqiyot, yangilanişlar, ijobiy özgarişlar yuz beryapti. Mazkur ijobiy özgarişlarning samarasi ölaroq, diniy, ma'rifiy, ma'naviy, axloqiy sohalarda ham ança-munça natija va yutuqlar yöq emas. Keling, gapimiz quruq bölmasligi uçun bir neça misol keltirib ötaylik.

Kundalik hayotimizdagi turli sohalarda, jumladan, savdo-sotiqda, turli marosimlar ötkazişda, oilaviy munosabatlarda biror savol yoki muammo paydo bölsa, ahli ilmlarga murojaat qiliş odat tusiga aylanib bormoqda. Bu esa Alloh taoloning «Bilmaydigan bölsangiz, zikr ahlidan sörang», degan buyruğiga muvofiq bölgani bilan qadrlidir. Zero mustabid tuzum davrida dinimizga nisbatan salbiy munosabat şakllantirilgani tufayli bid'at-xurofotlar köpaygandan-köpayib, urçib, hamma sohani qamrab olgan edi. Biror muammo paydo bölsa, odamlar tegişli sohadagi mutaxassislarga murojat qilişni unutib, hali folbinlarga, munajjimlarga, başoratçilar va yana qandaydir jinkaşlarga suyanişar edi.

Afsuski, biz din xodimlariga kelib tuşayotgan murojaatlarning asosiy qismini oilaviy mojarolar taşkil etmoqda. Bu holning yanada açinarli jihati şuki, köpinça kelin taraf şikoyat bilan keladi. Ularning son-sanoği haddan taşqari köp bölgani uçun, şuningdek, deyarli barça şikoyatlar asosan bir tarafga, ya'ni quda tomonga yönaltirilganligi tufayli aniq bir misol keltirmay, mazkur şikoyatlarning umumiy xulosasini aytib ötaylik.

Bir kelin şunday deb şikoyat qilyapti: «Meni haydab yuborişdi. Ötirsam öpoq, tursam söpoq, soçim supurgi, qölim kosov bölib, qilmagan işim yöq. Hamma narsani örganganman. Pişiriq tayyorlaşdan tortib çevarçilik, oşpazlik, hattoki, tibbiyotdan ham xabarim bor. Muomalam ham yaxşi, kattayu kiçikni birdek hurmat qilaman, heç qaçon biror narsadan şikoyat qilmayman. Öqimişli, zamonaviy, har taraflama havas qilsa arzigudek kelin bölgan edim. Heç narsadan heç narsa yöq, erimning qöli yugurdak bölib qoldi. Uradi, bölar-bölmasga haqorat qilib, «sen bölmasang, boşqasi», deb kamsitadi. Vaholanki, uydagi barça jihozlarni ota-onam qilib bergan, yana hammasi çet elniki, erimning ustidagi sarpolarning hammasi xorijdan alohida buyurtma qilib keltirilgan. Qisqasi, uydagi barça jihozlarni adajonim olib berganlar. Bu noşukr erimga yana nima kerak ekan, bilmay qoldim».