Jamiyat | 10:11 / 30.12.2016
11957
2 daqiqa o‘qiladi

Turkiyada qattiq shamol va yog‘ingarchilik aholi kundalik hayotini izdan chiqarmoqda

Foto: AA

Payshanba kuni Turkiyada kuzatilgan yomon ob-havo shaharlarning kundalik hayotini izdan chiqardi. Mamlakatning barcha shaharlarida suv toshqinlari va yomg‘irli bo‘ron kuzatildi.

Turkiyaning shimolidagi yomon ob-havo sharoiti tufayli avtobusning avtohalokatga uchrashi oqibatida 4 kishi vafot etdi, shimoliy hududda esa bir ayol to‘fon tufayli suvga cho‘kib ketgan.

Kuchli shamol, tuman va qor yog‘ishi yo‘llarning yopilishi, harakatning sekinlashishi va 20dan ortiq shaharlarda, jumladan, Anqaradagi maktablarning berkitilishiga olib keldi. 

14 milliondan ortiq aholiga ega bo‘lgan Turkiyaning eng gavjum shahri bo‘lmish Istanbulda kuni bilan davom etgan qattiq shamol va tumanli ob-havo tomlarni ko‘chirib, avtokranlar almashuvi hamda ko‘plab reyslar, paromlarning bekor qilinishiga sabab bo‘ldi.

Tinimsiz yoqqan qor va shamol sabab Buyukchekmejye tumanidagi ko‘prikni ta'mirlash uchun foydalanilayotgan kranlar qiyshayib, asosiy avtomagistralga ag‘anib tushdi. Oqibatda esa yo‘llar berkilib, mashinalarning harakatini to‘xtashiga olib keldi. 

Istanbul va Bursa o‘rtasidagi paromlar qatnovi ham kuchli shamol tufayli to‘xtatildi, deb xabar qiladi IDO o‘zining saytida. 

Turkish Airlines ham payshanba kuni 38ta mahalliy va xalqaro reyslar, shuningdek, juma kungi 26 reys bekor qilinganini ma'lum qildi.

Foto: AA
Foto: DHA
Foto: AA
Foto: AA
Foto: DHA
Foto: AA
Foto: AP
Феруза Авазова
Tayyorlagan Феруза Авазова
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid