Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Namangan viloyati hokimining virtual qabulxonasi ishga tushirildi
Namangan viloyati hokimi Xayrullo Xayitbayevich Bozarovning virtual qabulxonasi ish boshladi.
Sizda hal etilmagan masalalar-muammolar, ariza, shikoyat yoki takliflar bormi? U holda murojaatingizni to‘g‘ridan-to‘g‘ri Namangan viloyati hokimiga 3 xil usulda: ishonch telefoniga qo‘ng‘iroq qilish, murojaat yuborish yoki belgilangan vaqtda tashrif buyurish orqali yo‘llashingiz mumkin.

Hokimlikning rasmiy veb-portalida hokim.namangan.uz veb-manzili orqali murojaatlarni onlayn tarzda qabul qilinadi.
Shuningdek, murojaatlarni viloyat hokimligining “1056” qisqa raqami yoki (0371) 200-07-22 raqamli “Ishonch telefoni” orqali amalga oshirish mumkin.
Virtual qabulxona saytiga nafaqat murojaatlar jo‘natish, balki ularning bajarilishini kuzatib borish imkoniyati yaratilgan.
Temurmalik Vohidov
Mavzuga oid
17:37 / 04.06.2026
Namanganda tergovchi va advokat pora bilan ushlandi
10:59 / 20.05.2026
Namanganda atrofi ochiq holatda turgan transformator ustiga chiqqan bola tok urib vafot etdi
08:24 / 20.05.2026
Farg‘ona va Namanganda yirik miqdordagi narkotik moddalar musodara qilindi
08:52 / 13.05.2026