Marosimda davlat rahbari raqamlaştiriş va sun’iy intellekt texnologiyalarini jadal rivojlantiriş Yangi Özbekistondagi islohotlarning ustuvor yönalişlaridan biri ekanini ta’kidladi. Şu maqsadda mamlakatda maxsus dasturlar va qarorlar qabul qilinib, sohani qöllab-quvvatlaş böyiça tizimli işlar amalga oşirilmoqda.,

Qayd etilganidek, Xitoylik hamkorlar bilan hamkorlikda amalga oşirilayotgan 117 million dollarlik loyiha doirasida respublikaning olti hududida IT-parklar quriladi. Yangi Namangan şahrida barpo etiladigan majmua mazkur taşabbusning ilk loyihasi hisoblanadi.

Loyihaga muvofiq, 1,7 gektar maydonda 17 qavatli zamonaviy bino qad rostlaydi. Maydoni qariyb 18 ming kvadrat metr bölgan majmuada ta’lim va eksport markazlari, kovorking va ofis maydonlari, startap akseleratori hamda xorijiy kompaniyalarga xizmat körsatiş infratuzilmasi joylaştiriladi.

IT-parkda önlab kompaniyalar va startap studiyalar yagona axborot texnologiyalari ekotizimi sifatida faoliyat yuritadi. Natijada viloyatdagi 2 mingga yaqin yoş yuqori daromadli iş örinlari bilan ta’minlanadi.
Loyiha işga tuşgaç, Namangan viloyatida axborot texnologiyalari xizmatlari hajmini yiliga 500 milliard sömga, eksport körsatkiçini esa 30 million dollarga yetkaziş imkoniyati yaratiladi.


Marosim yakunida prezident Şavkat Mirziyoyev Yangi Namangan IT-parki qurilişiga tamal toşi qöydi. Şu yerning özida viloyatda amalga oşirilayotgan yangi investitsiya loyihalarini işga tuşiriş va quriliş işlariga start beriş marosimi ham bölib ötdi.

















