Jamiyat | 12:04 / 31.12.2016
25777
3 daqiqa o‘qiladi

Bloger: Toshkent-Andijon yo‘nalishidagi poyezdda ichki madaniyatga ehtiyoj yuqori

Foto: yashilsharfliqiz.wordpress.com

O‘zbekiston turli sohalar bo‘yicha katta yutuqlarga erishmoqda. Buni amalga oshirilayotgan ishlardan ham guvoh bo‘lish mumkin. Toshkent-Andijon yo‘nalishida ishga tushirilgan temir yo‘l liniyasi ham olib borilayotgan ana shunday islohotlarning yorqin namunasi. Joriy yilning 17 oktabridan boshlab Toshkentdan Andijonga qo‘shimcha poyezd harakatlana boshladi. Bu ham aholiga qo‘shicha qulaylik tug‘dirish maqsadida amalga oshirildi.

Ammo ayrim holatlar kishini tashvishga soladi. Bunday deyishimizga asos bor. Blogerlardan biri tomonidan ko‘rsatib o‘tilgan ayrim voqeliklar bugun tilga olayotgan mavzuimizni ko‘tarishga turtki bo‘ldi. Blogerning aytishicha, Toshkentdagi vokzalda 9ta chiptaxona ishlayotgan bo‘lib, u yerdan chipta olmoqchi bo‘lganlar soni ko‘p. Ammo navbatda turish, tartib-intizom masalasi kishini tashvishga soladi. 

Foto: yashilsharfliqiz.wordpress.com

Bundan tashqari, blogerning fikr bildirishicha, chiptalarni elektron tarzda sotib olish mumkin, ammo shunda ham chiptaxona oldiga kelib, tartibsiz navbat qatoridan joy olish kerak. Qo‘shimchasiga onlayn xarid uchun 2 foiz komission to‘lovni amalga oshirish kerak.

Foto: yashilsharfliqiz.wordpress.com

"Poyezd ichida xizmat ko‘rsatish sifati past. Bort kuzatuvchilarining muomalasi kishi ko‘nglini xira qiladi", deb yozadi bloger. “Tushlik tarqatildi, lekin qoshiq-sanchqi va choyni o‘zimiz so‘rab oldik, shunda ham 10 daqiqadan keyin keldi”, deb vaziyatga oydinlik kiritgan u.

Foto: yashilsharfliqiz.wordpress.com

Bloger o‘z fikriga xulosa yasar ekan, mazkur yo‘nalishda qatnovchi poyezddagi sanitariya-gigiyena masalalari joyidaligi, poytaxtdan vodiyga mashinada yurgandan ko‘ra, shu poyezdda borish qulayligi, buning uchun to‘lovlarning barcha shakli qabul qilinishi, biroq xizmat ko‘rsatish sifatining pastligini aytib o‘tgan.

Foto: yashilsharfliqiz.wordpress.com

Umumiy xulosa shuki, biz rivojlanmoqchimizmi, dunyoning taraqqiy etgan davlatlari qatoridan o‘rin olmoqchimizmi, shunga yarasha ichki madaniyat, dunyoqarash va keng fikrlilik talab etiladi.

Tahririyat: Bu vaziyatga mas'ul tashkilot "O‘ztemiryo‘lovchi" AJ sayt tahririyati bilan bog‘lanildi va tashkilotdagilar blogerning da'volari asossiz ekanini bildirdi. Xususan, shikoyatdagi onlayn xarid uchun 2 foiz komission to‘lov kompaniya tomonidan emas, vositachi tomonidan yechib olinadigan odatiy xizmat haqi ekani aytildi. Kompaniyadagilar bu ayblovning boshqa bir qator jihatlarini inkor etib, 3 yanvar kuni raddiya e'lon qiladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid