Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi yangi interaktiv xizmatni yo‘lga qo‘ydi
Yagona portalda O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi bilan birgalikda “Yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasini to‘ldirish va yuborish” yangi interaktiv xizmati yo‘lga qo‘yildi. Xizmat O‘zbekiston Respublikasi chegarasini kesib o‘tayotgan jismoniy shaxslar uchun taqdim etiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat Bojxona qo‘mitasining 2014 yil 4 iyuldagi “Yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasini to‘ldirish va rasmiylashtirish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomani tasdiqlash haqida” 01 02/12 13-son qaroriga ko‘ra, xizmat bepul ko‘rsatiladi. Yagona portal orqali elektron ariza yuborish jarayonida, hujjatlar taqdim etish talab qilinmaydi. Xizmat arizachilar murojaatlarining elektron navbat rejimi asosida taqdim etiladi.
Arizachi tizimda avtomatik tarzda shakllantiriladigan identifikatsion kod bilan yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasining to‘ldirilgan shaklini qabul qilishi Xizmat natijasi hisoblanadi.
Mavzuga oid
17:12 / 04.05.2026
«BAAning mustaqillik deklaratsiyasi» – Amirliklar OPEC'dan chiqishiga faqat urush sabab emas
22:02 / 02.05.2026
O‘zbekiston va Qirg‘iziston “Qambarota GES-1” qurilishi bo‘yicha muzokara o‘tkazdi
17:29 / 02.05.2026
O‘zbekiston tashqi qarzi 2025 yilda 18 mlrd dollarga oshdi. Bu rekord ko‘rsatkich
11:48 / 16.04.2026