Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hindistondagi saylovlarda diniy shiorlardan foydalanish taqiqlandi
Hindiston oliy sudi dushanba kuni siyosatchilar o‘z saylov oldi kampaniyalari davomida dinga oid masalalardan foydalanishlari taqiqlanishi to‘g‘risida qaror chiqardi. NDTV telekanalida xabar berilishicha, bunday qaror mamlakatning bir qator shtatlari qonuniy majlislarining saylovlari arafasida chiqarildi, chunki odatda ularda nomzodlar diniy shiorlarni faol qo‘llashadi.
"Siyosatchilarning hech biri toifa, e'tiqod yoki dindan foydalanib, ovoz to‘plashga erisha olmaydi, - dedi Oliy sud raisi Tiratx Singx Txakur. - Saylov jarayoni - bu dunyoviy jarayon. Davlat va dinni aralashtirish konstitutsiyaga ziddir".
"Inson va Xudo o‘rtasidagi munosabatlar - bu har kimning shaxsiy tanlovi", - dedi Oliy sud raisi.
Hindistonning aksariyat aholisi, taxminan 80 foizi induizmga e'tiqod qiladi. Induizm diniy a'analarning murakkab uyg‘unlashuvini o‘zida aks ettirgan bo‘lib, unga ko‘ra, jamiyat toifalarga bo‘linadi. Bundan tashqari, mamlakatda musulmonlar, nasroniylar, sikxlar, jaynlar, buddistlar va boshqa din vakillari istiqomat qiladi.
Hindiston konstitutsiyasiga ko‘ra, millati, dini yoki toifasidan qat'i nazar, barcha fuqarolar teng huquqli hisoblanadi.
Mavzuga oid
18:40 / 23.06.2026
Falajlikda o‘tgan 4 yil yoxud Islomov rahbarligi davrida sud tizimi
21:08 / 22.06.2026
Jamiyatimizda qonunsizlik va korrupsiyaga aslo o‘rin qolmasligi shart - Saida Mirziyoyeva
20:11 / 18.06.2026
Baxtiyor Islomov Oliy sud raisi lavozimidan ozod etiladi
18:39 / 16.06.2026