14:38 / 03.01.2017
4054

Iroqda 2016 yilda tinch aholi vakillaridan 7 mingga yaqin kishi halok bo‘ldi

Foto: Reuters

Iroqda 2016 yilda 6,8 ming nafar tinch aholi vakili qon to‘kilishi qurboniga aylangan, 12,3 ming kishi jarohat oldi. Bu haqda BMTning Iroqqa ko‘mak berish bo‘yicha missiyasi xabarida aytiladi. 

"Missiya 2016 yilda umumiy hisobda 19 266 nafar fuqaro halok bo‘lgani va jarohat olganini ro‘yxatga oldi: 6 878 kishi o‘ldirildi, 12 388 nafar inson jarohat oldi", - deyiladi dushanba kuni taqdim etilgan xabarda. Missiyaning ko‘rsatishicha, ma'lumotlar Iroq g‘arbidagi Anbar viloyatida o‘tgan yilning may, iyul, avgust va dekabr oylaridagi qurbonlarni o‘z ichiga olmagan. 

Ma'lumot uchun, Iroqda Mo‘sulni IShID terrorchilaridan ozod qilish bo‘yicha amaliyot o‘tkazilmoqda. Jangarilar 2014 yilda shaharni qo‘lga kiritishgan. Harbiy amaliyot esa Iroqning bir necha kuch mahkamalari tomonidan AQSh boshchiligidagi xalqaro koalitsiya qo‘llab-quvvatlashi bilan 2016 yilning oktabridan boshlab o‘tkazilmoqda.

Top