Jahon | 22:20 / 03.01.2017
3771
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiyada favqulodda vaziyat tartibini uzaytirish muhokama qilinadi

Turkiya hukumatining mamlakatda favqulodda vaziyat tartibi yana 3 oyga uzaytirilishi taklifi parlamentda muhokama qilinadi.   

Agar taklif tasdiqlansa, favqulodda vaziyat tartibi 19 yanvardan boshlab 90 kunga uzaytiriladi.

3 oylik favqulodda vaziyat tartibi Turkiyada 21 iyulda mamlakatda davlat to‘ntaruviga urinishdan keyin kiritilgandi.  

So‘ngra bu tartib 2016 yil 19 oktabrida 3 oyga uzaytirilgandi.

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid