O‘zbekiston | 00:25 / 04.01.2017
66742
1 daqiqa o‘qiladi

2017 yilda farzandingizning bog‘chaga qatnashi qanchaga tushadi?

O‘zbekiston Prezidentining 2016 yil 27 dekabrdagi 2699-sonli qaroriga muvofiq, ota-onalarning Davlat byudjyeti hisobidan moliyalashtiriladigan maktabgacha ta'lim muassasalariga (MTM) 2017 yil uchun kiritadigan to‘lov hajmi tasdiqlandi. Bu haqida Norma.uz'da ma'lum qilindi

To‘lov hajmi ta'lim muassasasining joylashgan manzili va ishlash tartibi ( 5 yoki 6 kunlik) hamda bolalarning bog‘achaga kelish vaqti, shuningdek mazkur muassasaga qatnovchi bir oilaning farzandlari soni kabi omillardan kelib chiqib belgilanadi. 

Shuni ta'kidlash joizki, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida joylashgan maktabgacha ta'lim muassasalaridagi to‘lovlar tasdiqlangan narxlardan ikki barobar past. 
 
 

 

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid