30 yoshgacha bo‘lgan eng yorqin ishbilarmonlar reytingi taqdim etildi
Forbes jurnali 30 yoshgacha bo‘lgan 600 nafar eng yorqin yoshlar ro‘yxatini taqdim etdi. Ular venchur investitsiyalar, sport, musiqa, kino, o‘yinlar, ishlab chiqarish, marketing, huquq va boshqa sohalar rivojiga katta hissa qo‘shgani uchun mazkur ro‘yxatga munosib ko‘rilgan. 2017 yilda ro‘yxatdan Prisma, MSQRD va GitLab yaratuvchilari o‘rin oldi.
"Iste'molchi texnologiyalari" bo‘limida Prisma Labs'ning 26 yoshli rahbari Aleksey Moiseyenkov va MSQRD'ning 24 yoshli yaratuvchilari Yevgeniy Nevgen va Sergey Goncharlar nomi qayd etildi.
29 yoshli ukrainalik tadbirkor Dmitriy Zaporojyets "Korporativ texnologiyalar" ruknidan joy oldi. U dunyoning millionlab dasturchilari va o‘n minglab kompaniyalari (NASA, IBM, AT&T va b.) foydalanadigan GitLab manba kodini saqlovchi servis yaratuvchisi sifatida mashhur. GitLab - August Capital, Khosla Ventures va aktyor Eshton Katcher sarmoyalarini jalb qilishga muvaffaq bo‘ldi.
Shuningdek reytingda Lyft top-menejyeri Devid Rast, Uber'ning top-menejyeri Brayan Tolkin, Periscope hammuassislari Jozef Bernshteyn va Keyvon Beykopur, aktrisa Margo Robbi, Lonely Planet nashri rahbari Deniyel Xyuton, Tesla'ning batareyalar ishlab chiqaruvchi bo‘limi menejyeri Jastin Barouzilar nomlari qayd etilgan. Hakamlar hay'ati ro‘yxat ishtirokchilarini 15 mingdan ziyod nomzod orasidan tanlab olgan.
Mavzuga oid
17:37 / 12.11.2024
O‘zbekiston taksi xizmati eng arzon davlatlar qatoriga kirdi
16:40 / 12.11.2024
O‘zbekiston sun’iy intellektga tayyorlik reytingida Markaziy Osiyoda so‘nggi o‘rinni egalladi
16:52 / 07.11.2024
O‘zbekistonning 23 ta oliygohi Osiyo universitetlari reytingiga kirdi
19:02 / 28.10.2024