Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Chexiyada 10 yil ichida birinchi marta parranda grippi aniqlandi
Chexiyaning janubida oxirgi 10 yil ichida birinchi marta bir necha o‘nlab parrandalarda parranda grippi aniqlandi. Zararlanish hududida 3 kilometrlik qo‘riqlanuvchi hudud yaratilgan, deb ma'lum qildi jurnalistlarga davlat veterinariya boshqarmasi direktori Zbinek Semerad.
Mutaxassislarning fikricha, parrandalar ushbu hududdagi hovuzga uchib kelgan yovvoyi o‘rdaklardan zararlangan bo‘lishi mumkin. 3 km lik qo‘riqlanuvchi hududdan tashqari, parranda grippi aniqlangan joylarda 10 kilometrlik nazorat hududlari yaratilmoqda.
H5N8 turidagi parranda grippining yuqori patogen shtammining parrandalarda aniqlanishi holatlari oxirgi oylarda Germaniya, Avstriya, Gollandiya, Fransiya, Polsha, Vengriya va Xorvatiyada, yangi yil oldidan esa Slovakiyada qayd etilgan.