Jahon | 19:47 / 06.01.2017
6322
1 daqiqa o‘qiladi

Donetskda mikroavtobus portladi

Donetskning Kiyev tumanida Mercedes rusumli mikroavtobus portlab ketdi. Bu haqda o‘z-o‘zini boshqaruvchi Donetsk Xalq respublikasi Ichki ishlar vazirligi saytida xabar berilgan.

Bu hodisa 4 yanvar kuni kunduzi ro‘y bergan. Politsiyachilarning aniqlashicha, mikroavtobusda portlovchi qurilmalar olib ketilayotgandi. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, bu hodisa ehtiyotsizlik tufayli ro‘y bergan.

Hozirda ushbu hodisa bo‘yicha ish tekshiruvlar olib borilmoqda. Jabrlanuvchilar yoki halok bo‘lganlar haqida ma'lumotlar yo‘q.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid