Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kanadalik ayol Facebook orqali Erdo‘g‘anni tanqid qilgani uchun hibsga olindi
Turkiya huquq-tartibot organlari Facebook ijtimoiy tarmog‘i orqali mamlakat prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anni tanqid qilgan Kanada fuqarosi bo‘lgan ayolni qo‘lga oldi. Bu haqda The Canadian Press xabar tarqatdi.
Ma'lum qilinishicha, Kanada va Turkiya fuqaroligiga ega 50 yoshli Isi Hiper 2016 yilning 30 dekabr kunida mamlakat shimoli-sharqidagi Kars shahrida qo‘lga olingandi. Hiper xonimning advokati Birjit Pavichning aytishicha, uning mijozi bunga asos bo‘lgan fikrlarini 28 dekabr kuni ijtimoiy tarmoqda qoldirgandi.
Hiper xonim Erdo‘g‘anni "Turkiyaning IShIDga aloqadorligini isbotlashga uringan jurnalistlarni qamoqqa tashlash"da ayblagandi.
Ma'lum bo‘lishicha, Hiper xonim 2016 yilning noyabrida Turkiyaga kelgandi. Kanada TIV o‘z fuqarosining Turkiyada hibsga olinganidan xabardor va unga konsullik xizmatlari ko‘rsatiladi.
Mavzuga oid
11:21 / 25.10.2025
Yevrokomissiya TikTok, Facebook va Instagram’da qonunbuzarliklarni aniqladi
22:04 / 07.10.2025
O‘zbekistonda Meta vakolatxonasi ochilishi mumkin
22:19 / 05.09.2025
AQShda Mark Tsukerberg bilan Mark Tsukerberg sudlashadi
08:40 / 26.03.2025