Jahon | 22:37 / 06.01.2017
7711
1 daqiqa o‘qiladi

Qozog‘iston Suriyaga 500 tonna gumanitar yordam jo‘natdi

Qozog‘iston Suriya xalqiga oziq-ovqat mahsulotlari, jumladan un, go‘sht konservalari, makaron mahsulotlari va choy ko‘rinishida 500 tonna gumanitar yordam jo‘natdi. Bu haqda Qozog‘iston tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmatida ma'lum qilindi. 

Vazirlik ma'lumotlariga ko‘ra, gumanitar yuk Rossiya ko‘magida Tartus portiga yetkazilgan. "Suriyaga gumanitar yordam Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev qarori bilan jo‘natildi", deb aytildi xabarda. 

Vazirlikda aytilishicha, gumanitar yordamning muhtojlarga tarqatilishi Suriyaga yordam ko‘rsatish bo‘yicha oliy komissiya nazoratida o‘tadi.

Ta'kidlanishicha, bu Qozog‘istonning Suriya xalqiga birinchi yordami emas. 2012 yilda Qozog‘iston Islom hamkorligi tashkiloti orqali Iordaniya va Livan hukumatlariga u yerlardagi qochqinlar lagerlarida bo‘lgan suriyaliklarga yordam berishlari uchun 400 ming dollar ajratgan.  

 

Mavzuga oid