OAV: AQSh maxsus xizmatlari Rossiya va WikiLeaks o‘rtasidagi vositachini topganini ta'kidlamoqda
AQSh maxsus xizmatlari Rossiya va WikiLeaks o‘rtasidagi vositachini topganini ta'kidlamoqda. Aynan u AQSh Demokratik partiyasining hujjatlarini e'lon qilish uchun taqdim etgan, deya xabar qilmoqda CNN telekanali, hisobot mazmunidan xabardor manbalariga asoslangan holda.
Bu haqda AQSh razvedkasining maxfiy hisobotida so‘z yuritilganini ta'kidlagan telekanal, o‘z fikrini isbotlovchi biror ma'lumot yoki nomni tilga olmagan. Avvalroq, Amerika maxsus xizmatlari Demokratik partiya Milliy qo‘mitasi yozishmalarini qo‘lga kiritish va WikiLeaks saytida e'lon qilinishida Rossiyani ayblagan edi. Rossiya hukumati, o‘z navbatida, bu ayblovlarni rad etmoqda. WikiLeaks asoschisi Julian Assanj ham sayt Rossiyaga umuman aloqasi yo‘qligini, Rossiya hukumatidan hech qanday ma'lumot olmaganini ta'kidlagan edi.
Amerika maxsus xizmatlarining 50 sahifali maxfiy hisoboti prezident Barak Obama ko‘rsatmasiga binoan tayyorlangan. Uning qisqaroq va maxfiy bo‘lmagan namunasi kelasi hafta boshida e'lon qilinishi kutilmoqda. Bu haqda AQSh razvedkasi rahbari Jyeyms Klepper Kongress senatidagi eshituvlarda ma'lum qilgan.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan oyda WikiLeaks xodimi Kreyg Myurrey (Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi sobiq elchisi) Demokratik partiya ma'lumotlarini partiyaning o‘zidagi manba taqdim etgani, ularni olish uchun shaxsan Vashingtonga borgani va shahardagi universitetlardan birining yaqinidagi o‘rmonzorda fleshkani vositachi qo‘lidan olganini aytgan edi.
Mavzuga oid
17:45
Prokurorlikdan vitse-prezidentlikka qadar. Kamala Harris kim?
15:30
AQSh 2023 yil 7 oktyabrdan beri Isroilga 17,9 mlrd dollarlik harbiy yordam berdi
10:48
AQSh iqtisodiyoti har qachongidan ham kattaroq va yaxshiroq. Siyosiy qarorlar buni barbod qilishi mumkinmi?
10:30