Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tadbirkorlar huquqlarini muhofaza qiluvchi yana bir qonun Oliy Majlis Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritiladi
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda Oliy sud sudyalari, Oliy sud huzuridagi Ilmiy-maslahat kengashi a'zolari, Sud qonunchiligini demokratlashtirish va liberallashtirish hamda sud tizimi mustaqilligini ta'minlash bo‘yicha tadqiqot Markazi xodimlari, huquqshunos olimlar ishtirok etdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi matbuot xizmati ma'lum qilmoqda.
Oliy sud raisi Sh. Gaziyev boshqargan majlisda O‘zbekistonda milliy qonunchilik asoslari inson manfaatlariga mos tarzda takomillashtirib borilayotgani ta'kidlandi. Bugungi kun talabidan kelib chiqib, qonunchilikning sifati va ta'sirchanligini oshirishga oid izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Bu jarayonda Oliy sud tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 83-moddasiga muvofiq, qonunchilik tashabbusi huquqidan foydalangan holda sud-huquq tizimini, sohaga oid qonunchilikni takomillashtirishga doir qator qonun loyihalari tayyorlanmoqda va tegishli tartibda parlament muhokamasiga kiritilmoqda.
Jumladan, Oliy sud Plenumining navbatdagi majlisida “O‘zbekiston Respublika¬si¬ning Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘z¬gar-tish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun lo¬yihasi muhokama etildi.
Ushbu qonun loyihasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 5 oktabr¬dagi “Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta'minlashga, xususiy mulk¬ni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmonida belgilangan ustuvor vazifalarning ijrosini ta'minlash maqsadida ishlab chiqildi.
Farmonda nazorat qi¬luvchi organlarning tadbirkorlik sub'yektlari hamda ularning xodimlariga nisbatan ma'muriy jazolarni qo‘llash borasidagi funksiya va vakolatlarini bosqichma-bosqich sud organlariga o‘tkazish yuzasidan takliflar ishlab chiqish va kiritish nazarda tutilgan.
Oliy sud tomonidan ishlab chiqilgan qonun loyihasida Ma'muriy javobgarlik to‘g‘¬risidagi kodeksning XIII bobida ko‘rsatilgan ma'muriy hu¬quqbuzarliklarni ko‘rib chiqish sudlar tomonidan amalga oshirilishi belgilangan (faqat kodeksning 168, 175-2 va 176-1-moddalarda belgilangan huquqbuzarliklar bundan mustasno).
Bundan tashqari Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 245-moddasini uchinchi qism bilan to‘l¬dirish taklif etilmoqda.
Unga ko‘ra, ushbu kodeksning 283-moddasida nazarda tutilgan hollardan tashqari, ma'muriy ishlar bo‘yicha sudyalar tadbirkorlik sub'yektlari va ularning xodimlari tomonidan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishda sodir etilgan ma'muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqadilar. Mazkur tartibni 2018 yil 1 yanvardan e'tiboran amalga kiritish belgilanmoqda.
Majlisda ushbu qonun loyi¬hasining qabul qilinishi tadbirkorlik sub'yektlarining huquq va qonuniy manfaatlarini sud tomonidan hi¬moya qilishni yanada kuchaytirishga, ushbu toifadagi ma'muriy ishlarni yanada adolatli va xolis ko‘rib chiqili¬shi¬ni ta'minlashga xizmat qilishi ta'kidlandi.
Yig‘ilishda qonun loyihasini Oliy Majlis Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritish yuzasidan qaror qa¬bul qilindi.
Mavzuga oid
18:40 / 23.06.2026
Falajlikda o‘tgan 4 yil yoxud Islomov rahbarligi davrida sud tizimi
21:08 / 22.06.2026
Jamiyatimizda qonunsizlik va korrupsiyaga aslo o‘rin qolmasligi shart - Saida Mirziyoyeva
20:11 / 18.06.2026
Baxtiyor Islomov Oliy sud raisi lavozimidan ozod etiladi
17:55 / 09.06.2026