Jahon | 09:07 / 06.01.2017
2824
1 daqiqa o‘qiladi

Venesuelada vertolyot qulashidan keyin 13 kishi omon qolgan

Foto: RIA

Venesuela janubida 30 dekabrda yo‘qolib qolgan harbiy vertolyotdagi 13 kishi omon qolgan, deb xabar berdilar ekipaj a'zolari va yo‘lovchilar qarindoshlari Sputnik nashriga.

Avvalroq venesuelalik harbiylarga tegishli bo‘lgan Mi-17 falokatga uchrashi oqibatida 16 kishi halok bo‘lgani ma'lum qilingandi. Biroq mamlakat hukumati halok bo‘lganlar haqidagi ma'lumotni tasdiqlamayotgan edi.

"Hukumat ular topilgani va sog‘-omon ekanligini aytish uchun bizga qo‘ng‘iroq qildi. Shifokorlar ularni La-Esmeralda shahrida tekshiruvdan o‘tkazadilar", deb aytgan manba.

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid